00:00 / 03.10.2015
3743

Vengriya o‘z hududida NATOning qo‘mondonlik markazi yaratishga ruxsat berdi

Vengriya NATOning boshqa a'zolariga qo‘shilgan holda o‘zining hududida NATOning qo‘mondonlik markazini yaratishga ruxsat berdi. Markazning maqsadi tezkor javob berish kuchlarining harakatlarini muvofiqlashtirishdan iborat, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bunday markazlar Litva, Bolgariya, Estoniya, Latviya, Polsha va Ruminiyada ochilgan.

Qayd etilishicha, ushbu markaz xodimlari soni 40 kishini tashkil etadi.

Avvalroq Rigada NATOning strategik aloqalar markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani ma'lum qilingandi. Qayd etilishicha, tadbirda Latviya va Litva prezidentlari hamda Jon Makkeyn boshchiligidagi AQSh senatorlari ishtirok etganlar.

Top