Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:29 / 05.10.2015
3646
1 daqiqa o‘qiladi
Gvatemaladagi yer o‘pirilishi qurbonlari soni 102 nafarni tashkil etmoqda
Gvatemalaning Santa-Katarina-Pinula munitsipalitetida sodir bo‘lgan va mamlakat tarixidagi eng fojiali hodisa deb e'tirof etilayotgan ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlar soni 102 nafarga yetdi. Yuzlab kishilar bedarak yo‘qolgan.
Qutqaruvchi guruhlar tuproq ostida qolgan uylarga yetib borishgani aytilmoqda.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ba'zi ko‘chki natijasida ba'zi joylarda uylar 60 metr qalinlikdagi tuproq ostida qolgan.
Hodisa joyida texnikalardan foydalanilmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarda qurbonlar soni 87 kishiga yetgani xabar qilingan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish