O‘zbekiston | 18:15 / 05.10.2015
4823
1 daqiqa o‘qiladi

O‘rmonlardan foydalanish tartibi va to‘lovlari haqidagi nizom qabul qilindi

O‘zbekistonda o‘rmondan foydalanishni nazorat qilish va buning uchun to‘lov undirish tartibi to‘g‘risidagi nizom qabul qilindi. Hujjat Vazirlar Mahkamasining “O‘simlik dunyosi obektlaridan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qabul qilindi.

Hujjatda o‘rmonlardan foydalanishni tartibga solish, uning resurslaridan oqilona, cheklangan miqdorda foydalanish, buning davlat tomonidan nazorat qilinishi tartibi belgilab berilgan.