12:25 / 05.10.2015
4516

Qoraqalpog‘istonda 2015 yil boshidan buyon ko‘chalardan 4 mingdan ortiq qarovsiz jonivorlar tutib olib ketildi

Joriy yil davomida Qoraqalpog‘iston respublikasi hududidagi barcha shahar va tumanlardagi MFY (OFY) tomonidan uylarda mavjud 60 ming 732ta it va 26 ming 956ta mushuk ro‘yxatga olindi hamda aholi orasida 11 ming 428 marta suhbat o‘tkazildi.

FVV matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, Davlat veterinariya bo‘limlari xodimlari tomonidan 13 ming 159 it uchun guvohnomalar berildi va 8 ming 37 dona it hamda mushuklarni uyda saqlash qoidalari to‘g‘risida bukletlar tarqatildi.

Shuningdek, guvohnoma berilgan itlar turli kasalliklarga qarshi emlandi.

Obodonlashtirish boshqarmasi huzuridagi “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘lim”lari alohida xona, Damas VAN maxsus avtotransporti va zarur asbob-anjomlar bilan ta'minlangan bo‘lib, mazkur avtotransportga qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limiga bog‘lanish uchun telefon raqamlari yozib qo‘yilgan. Amalga oshirilgan sa'y-harakatlarning samarasi o‘laroq, yil boshidan buyon 3 ming 768ta it, 252ta mushuk va 48ta boshqa turdagi hayvonlar ovlangan.

Respublika ShTYoIM Nukus filiali va Tibbiyot birlashmalari tomonidan hayvonlardan jabrlangan 3 ming 246 nafar odamlarga quturish kasalligiga qarshi emlash tadbirlari olib borildi.

Top