17:55 / 05.10.2015
6058

Rossiyaning razvedkachi kemasi Suriya qirg‘oqlariga yo‘llandi

Rossiya harbiy dengiz kuchlari Boltiq flotiga tegishli “Vasiliy Tatishchev” razvedkachi kemasi Baltiyskdan yo‘lga chiqib, O‘rta Yer dengizining sharqiy qirg‘og‘iga, Suriya tomonga yo‘l oldi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

“Vasiliy Tatishchev” Rossiyaning O‘rta YeR dengizidagi kemalar guruhini to‘ldiradi.
“Kema yo‘nalishiga ko‘ra topshiriqlarni bajaradi. Uning ekipaji Suriyadagi va qo‘shni davlatlardagi, shuningdek, hududiy suvlardagi vaziyatni kuzatib boradi”, - ma'lum qildi qurolli kuchlarning vakili agentlik bilan suhbat chog‘ida.

Top