17:53 / 05.10.2015
5312

Shu kungacha ishlab chiqarilgan 1 mlrd donadan ortiq Android qurilmalarida nuqsonlar borligi aniqlandi

Zimperium kompaniyasi mutaxassislari Android operatsion tizimida yangi nuqsonlarni aniqladi. The Guardian nashrining yozishicha, bunday nuqsonlar bilan shu kunga qadar ishlovchi 1 mlrd mobil qurilmalar sotuvga chiqarilgan.

Joriy yilning iyul oyida Zimperium kompaniyasi xodimlaridan biri Stagefright tizimida nuqsonlarni aniqlab, Android operatsion tizimi xotirasidagi barcha fayllarga kirish mumkinligini ma'lum qilgandi. Bu MMS jo‘natish orqali amalga oshirib kelingan. O‘shanda mazkur muammo tizimning tezkor yangilanishi orqali bartaraf etilgandi.

Biroq mutaxassislar endigi Stagefright 2.0 tizimida har qanday foydalanuvchining video va audiolarni ko‘rish imkoniyati, shuningdek qurilmani zararlashi mumkin bo‘lgan turli virus fayllarni boshqa qurilmalarga o‘tkazish mumkinligini aniqlashgan.

Unga ko‘ra, tizim foydalanuvchilarining ovozi yozib olinishi, ularning yozishmalar qatori o‘qilishi, kamera va boshqa turdagi telefon funksiyalaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Top