15:26 / 05.10.2015
8328

Tibbiyot sohasida Nobel mukofoti sovrindorlari nomi ma'lum bo‘ldi

2015 yil uchun Tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofoti birato‘la 3 nafar kishiga topshirildi.

Xususan, Uilyam Kempbell va Satoshi Omura parazit-chuvalchanglarga qarshi preparat ishlab chiqqani uchun, Yuyu Tu esa bezgakka qarshi dori yaratgani uchun mukofotlandi. Bu haqda Nobel mukofoti qo‘mitasi saytida batafsil ma'lum qilingan.

O‘tgan yili tibbiyot yo‘nalishidagi Nobel mukofoti fiziologiya sohasidagi izlanishlar olib borib, miyaning yo‘naltirish tizimiga javob beruvchi hujayralar borligini kashf qilgani uchun er-xotin Maybrit va Edvard Mozerga, shuningdek, Jon O`Kifga berilgandi.

Bu yilgi raqobat 327 nafar olim o‘rtasida (shundan 57 nafari ilk bor nomzod) kechdi.

Bu yilgi g‘oliblar Kempbell va Omura mukofot mablag‘ining teng yarmini oladi. Xitoylik Yuyu Tuga esa mukofotning qolgan qismi nasib etadi.

Fizika yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib yoki g‘oliblar nomi ertaga, 6 oktabr kuni e'lon qilinadi.

Top