06:56 / 06.10.2015
2322

Beyl beshinchi marta Uelsda yil futbolchisi bo‘ldi

"Real" jamoasi yarimhimoyachisi Garet Beyl Uels Futbol uyushmasining 25-marta o‘tkazgan taqdirlash marosimida o‘zining 5-mukofotini qo‘lga kiritdi.

26 yoshli ushbu vinger uelslik muxlislar va futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra g‘olib chiqqan.

Qayd etish kerakki, Beyl Yevro-2016 turniri uchun saralash bosqichida terma jamoaning g‘alabalarida asosiy hissani qo‘shib kelmoqda. Hozircha u saralash bosqichida o‘tkazilgan o‘yinlarda 6ta gol urdi. Uels "V" gurug‘ida o‘tkazilgan 8 turdan keyin 18 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Top