01:59 / 06.10.2015
6045

O‘zbekistonlik talabalar germaniyalik oilaga tandir qurib berdi

Germaniyaning Myur-am-Zeye shahrida o‘zbekistonlik ikki talaba O‘zbekistonga mehri tushgan oila uchun tandir qurib berdi. Bu haqda «Daryo.uz»ga Avazbek Mamasaidov ma'lum qildi.

«Xiva gilami, qizil gulli adrasdan tikilgan to‘shak-bolish bilan bezatilgan so‘ri. Xontaxtaga dasturxon yozilgan, paxta gulli choynakka achchiqqina ko‘k choy damlangan. Bunday manzarani oddiy bir o‘zbek xonadonida uchratish mumkin. Ayni damda Germaniyaning Myur-am-Zeye shahrida istiqomat qiluvchi Ortslar xonadonida ham yuqorida aytilgan o‘zbek milliy buyumlaridan bor. Butun boshli so‘ridan tortib o‘choq-qozon-u kabob qo‘ragacha topiladi. Bir necha kun avval esa ular haqiqiy o‘zbekcha tandirga ham ega bo‘ldi», — deb yozadi Avazbek.

Ortslar oilasi ish yuzasidan O‘zbekistonda uch yildan ziyod vaqt yashagan va vataniga ajoyib taassurotlar bilan qaytgan.

Avazbekning yozishicha, Ortslar oilasi Germaniyaga qaytar ekan, esdalik sifatida o‘zi bilan ko‘plab o‘zbek milliy buyumlarini olib ketishga harakat qildi. Natijada xonadonga tashrif buyurgan mehmon uyning har joyidan O‘zbekiston tafti urib turganini his etishi mumkin.

Top