Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston STI rahbari: G‘arbdan Suriyada ko‘p qabihliklarni kutsa bo‘ladi
Tojikiston prezidenti huzuridagi strategik tadqiqotlar instituti rahbariyati Rossiyaning Suriyada boshlab yuborgan harbiy operatsiyalari o‘zini oqlashini ta'kidlab o‘tdi.
“10 yildan beri qanaqadir koalitsiya borligiyu, u nimalardir qilayotganini eshitamiz. Ammo amalda hech narsani ko‘rmadik. Rossiya qo‘shilganidan buyon esa bir hafta ichida natijani ko‘rdik: IShID jangarilari Iroqqa qochdi. Mana buni samarador ish desa bo‘ladi”, - dedi tashkilot rahbari Xudoyberdi Xoliqnazar.
U o‘z bayonotini Dushanbeda o‘tgan “Markaziy Osiyo davlatlarining milliy manfaatlari va xavfsizlik siyosati geosiyosiy o‘zgarish sharoitlarida” mavzuidagi xalqaro konferensiya chog‘ida berdi.
“G‘arb, tabiiyki, mintaqada o‘z geosiyosiy maqsadlariga ega, ulardan ko‘p narsa kutish mumkin. Ayrim siyosatshunoslar aytganidek, qabihliklarni kutsa bo‘ladi”, - qo‘shimcha qildi u.