11:24 / 06.10.2015
10189

Toshkentdagi maxsus maktab-internatlari qiymati 85 ming dollardan ortiq jihozlar bilan ta'minlandi

“Sog‘lom avlod uchun” xayriya fondi va Janubiy Koreyaning “Siloam Center for the Blind” xayriya tashkiloti hamkorligida O‘zbekistondagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida umumiy qiymati 85 ming 248 dollar miqdoridagi sport, musiqa, o‘quv va tibbiyot jihozlaridan iborat muruvvat yordami Toshkent shahar ko‘zi ojiz bolalar maxsus maktab-internati va Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi 58-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabiga topshirildi.

Qayd etilishicha, Ohangaron tumanidagi 58-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabida 200 ga yaqin o‘g‘il-qiz ta'lim-tarbiya oladi. Gumanitar aksiya doirasida mazkur muassasaning tibbiyot xonasi yangi tibbiy asbob-uskunalar, sanitariya-gigiyena, ortopediya vositalari bilan ta'minlandi.

Top