15:20 / 07.10.2015
6455

Erdo‘g‘anning Bryusselga tashrifi chog‘ida Belgiya va Turkiya agentlari urushib qolishdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Bryusselga tashrifi chog‘ida ikki davlat maxsus xizmatlari xodimlari o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Bu haqda RTBF telekanali xabar berdi.

Eng jiddiy muammo Qirollik xalqaro munosabatlar instituti binosida sodir bo‘ldi. Bunga sabab sifatida Erdo‘g‘an kirishi lozim bo‘lgan xonalardan birining xavfsizligini tekshirishdagi kelib chiqqan munozara ko‘rsatilmoqda.

Turkiya agentlari binoni o‘zlari tekshirmoqchi bo‘lishgan, ammo belgiyalik hamkasblar buni hurmatsizlik belgisi deb baholashgan. Buning natijasida turkiyalik agentlardan biri belgiyalik hamkasbini urgan, so‘ng o‘zi ham oyoqdan yiqitilgan.
Erdo‘g‘an Bryusselda 4-6 oktabr kunlari bo‘ldi.

Top