07:19 / 07.10.2015
2608

Ikki nafar o‘zbekistonlik Tambov viloyatida devor qulashi oqibatida halok bo‘ldi

Rossiyaning Tambov viloyati Uvarovo shahrida qurib bitkazilmagan maktabning devori qulashi oqibatida ikki nafar o‘zbekistonlik olingan jarohatlardan shifoxonada halok bo‘ldi, deb xabar berilmoqda huquq-tartibot muassasalarida.

"Devor qulashi paytida binoda 3 kishi bo‘lgan, ulardan 46 yoshli ikki nafar kishi olingan jarohatlardan shifoxonada halok bo‘ldi", deb ma'lum qilinmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar qurilishga qurilish materiallari izlab kelganlar.

Ushbu holat bo‘yicha tergov organlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Top