Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung daromadi uchinchi chorakda qariyb 80 foizga ortdi
2015 yilning uchinchi choragida Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi operatsion daromadi 2014 yilning xuddi shu davriga nisbatan 79,8 foizga oshdi, deya xabar bermoqda Reuters.
Samsung uchinchi chorakdagi foydasini 7,3 trln von (6,3 mlrd dollar atrofida) deb baholadi. O‘tgan yilning shu davrida esa daromad miqdori 4,1 trln vonni tashkil etgan edi. Mazkur mablag‘lar tahlilchilarning 6,7 trln vonlik bashoratidan sezilarli darajada oshdi.
Shu bilan birga, Janubiy Koreya elektron mahsulotlar ishlab chiqaruvchisining taxminiy tushumi 7,5 foizga qadar o‘sib, 51 trln vonni tashkil etadi.
Samsung moliyaviy hisoboti oktabr oyi so‘ngida yanada batafsilroq shaklda e'lon qilinadi.