21:36 / 07.10.2015
5645

Sirg‘alida IIVning 3 nafar soxta xodimi qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Sirg‘ali tumanida o‘zlarini ichki ishlar vazirligi xodimlari deb tanishtirib, odamlarni aldab yurgan jinoiy guruh vakillari qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi ma'lumot keltirmoqda.

Aytilishicha, Otabek Ashirov, Nodir Halilov va Tohir Shadmanovlar soxta hujjatlar yordamida o‘zlarini militsiyachi qilib ko‘rsatib, odamlardan pul undirib kelishgan. Jumladan, Dildora Talipovadan uning tanishi Pavel Chexiryovni qamoqdan chiqarib berish sharti bilan 100 dollar olishgan. Keyinroq “ish hal bo‘lmayotgani”ni aytib, Chexiryovning onasi Zinaidadan 670 ming so‘m undirishgan.

Aldanganini tushunib yotgan ayollar tegishli organlarga murojaat qilgan. O‘tkazilgan surishtiruv natijasida qalloblar fosh qilingan.

Top