17:43 / 08.10.2015
3855

Facebook «layk» tugmachasi imkoniyatlarini kengaytirmoqchi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i «layk» tugmachasi imkoniyatlarini oshirmoqchi, deya xabar beradi Engadget.com internet-nashri.

«Layk» tugmachasi yangicha ko‘rinishda «Reaksiya» (Reactions) nomini oladi va bir necha turdagi emotsiyalarni jamlagan smaylklarni o‘z ichiga oladi. Buning natijasida tarmoq foydalanuvchilarga xabarlar tasmasiga joylashtirilgan ma'lumotlarga turlicha ko‘rinishda munosabat bildirish imkoniyatini yaratadi. Eski layk tugmachasi ham joriy funksiyada saqlanib qoladi, faqat uning yoniga muhabbatni, kulguni, tabassumni, hayron bo‘lishni ifodalovchi bir qator smayliklar qo‘shiladi.

Manbada yozilishicha, Facebook tarmog‘ining Ispaniya va Irlandiya mamlakatlaridagi xizmati o‘z foydalanuvchilari uchun mazkur yangilikni 9 oktabr, juma kuniyoq sinovdan o‘tkazishi mumkin.

Shu bilan birga ijtimoiy tarmoq keng muhokama qilingan «dislayk» tugmachasi joriy etilmasligini bildirgan. Facebook asoschisi Mark Tsukerbergning qayd etishicha, «yoqmadi» tugmachasi foydalanuvchilarning kayfiyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Top