12:41 / 08.10.2015
7444

Kurdlar IShID tomonidan kimyoviy qurol qo‘llanganini aytmoqda

IShID jangarilari Iroq shimolida kurdlar joylashgan hududlarga iprit gazi tarqatuvchi snaryadlar yo‘llagan. Bu haqda kurdlarning "Peshmerg" guruhi vakillari ma'lum qilishdi.

Ma'lum qilinishicha, IShID jangarilari kurdlarning bazalariga 37ta ximiyaviy snaryad yo‘llagan va natijada hududda oq tutun va zaharli qora suyuqlik paydo bo‘lgan.

"Peshmerg" guruhining o‘nlab askarlari qoni tahlil qilinganida, ularda xantal gazi ta'siri va dixlordietilsulfid aniqlangan.

Ushbu hujum oqibatida keltirilgan talofatlar haqida aniq ma'lumot berilmagan.

Kurdlar o‘zlari uchun kimyoviy quroldan saqlanish vositalarini so‘rashmoqda.

Sentyabr oyida AQSh hukumati IShID tomonidan Iroq va Suriya hududida kimyoviy qurollar qo‘llanilayotgani borasidagi shubhalarini bildirib o‘tgandi. AQSh razvedkasi kamida 4 marta shunday hujum amalga oshirilganini aniqlagan.

Avgust oyida ham Germaniya Mudofaa vazirligi kurdlarning 60 nafar askarida IShID hujumi tufayli nafas olish bilan bog‘liq muammolar yuz berganini qayd qilgandi va jangarilar kimyoviy qurollardan foydalanayotgan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.

Xantal gazi taqiqlangan kimyoviy qurollar sirasidan hisoblanadi. Uning ta'sirida terida yaralar paydo bo‘lishi, ko‘rishda va nafas olishda muammolarga duch kelinishi mumkin.

Top