07:36 / 09.10.2015
3277

Armaniston prezidenti 6 dekabrga konstitutsiyaviy islohot bo‘yicha referendum o‘tkazilishini belgiladi

Armaniston fuqarolari respublika konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritilishiga o‘z munosabatlarini bildirishlari kerak bo‘ladigan referendum 6 dekabrda o‘tkaziladi. Bu haqda 8 oktabrda chop etilgan Armaniston prezidenti Serj Sargsyanning farmonida aytib o‘tilgan.  

Konstitutsiyaviy islohot Armanistonning boshqaruvning parlament shakliga o‘tishini nazarda tutadi.

5 oktabrda Armaniston parlamenti ko‘pchilik ovoz bilan referendumning o‘tkazilishiga rozilik berdi.

Islohot loyihasiga ko‘ra, Armaniston prezidenti chegaralangan vakolatlarga ega bo‘ladi hamda umumiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berish natijalariga ko‘ra emas, balki parlament deputatlari tomonidan saylanadi. Prezident vakolatlari muddati hozirdagi 5 yil o‘rniga 7 yil bo‘lishi va shu bilan birga fuqaro bu lavozimni takroran egallash huquqiga ega bo‘lmasligi nazarda tutilgan.

Hozirda Armanistonda 1995 yil 5 iyulda qabul qilingan va 2005 yil 27 noyabrda o‘zgartirishlar kiritilgan konstitutsiya amal qiladi.

Top