18:55 / 09.10.2015
3930

Obama Vashingtonning Suriya muxolifatiga yordam berish imkoniyatlarini qayta ko‘rib chiqadi

AQSh prezidenti Barak Obama Vashingtonning Suriya muxolifatiga yordam berish imkoniyatlarini qayta ko‘rib chiqmoqchi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Bu haqda AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter ma'lum qildi.

“Fikrimcha, siz yaqin fursatda Obamadan ma'qullangan va amalga oshiriladigan takliflarni eshitasiz”, deb aytdi Karter.
Karterning aytishicha, Obama bu haqda yaqin soatlarda chiqish qiladi.

Avvalroq Barak Obama ma'muriyati Suriya muxolifatini tayyorlash dasturini yopishga qaror qilgani ma'lum qilingandi. Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, Obama ma'muriyatida Pentagonning suriyalik isyonchilarni tayyorlash va ta'minlash bo‘yicha 500 mln dollarga baholangan dasturi IShID jangarilariga qarshi kurashda o‘z vazifasini bajara olmagani tan olingan.

 

Top