14:49 / 09.10.2015
4886

Telegraph: Kim Chen In singlisini xavfsizlik xizmati rahbarligidan bo‘shatdi

KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘zining singlisini bir qator hodisalar sababli shaxsiy xavfsizligi xizmatidan bo‘shatib yubordi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2013 yilda Inning singlisi Koreya Mehnat partiyasi protokol xizmati rahbari lavozini egallagandi.

Shuningdek, Shimoliy Koreya yetakchisi uni o‘zining asosiy siyosiy maslahatchisi sifatida tayinlagan edi. Nashrning qayd etishicha, Kim Yo Chjon Kim Chen Inning tashqi ko‘rinishi, ham uning xavfsizligi uchun javobgar bo‘lgan. Singlisiga nisbatan norozilik bir qator hodisalardan so‘ng paydo bo‘ldi.

Jumladan, yoshlar tadbiriga borgan Kim Chen In qo‘riqchilari xavfsiz yo‘lak ochguniga qadar olomon ichida bir muddat qolib ketgan. Shuningdek, kolxozlardan biriga borganida ansambl musiqachilaridan biri uning yuziga gitara bilan urishiga bir baxya qolgan edi.

Kim Yo Chjon va uning akasi Shveytsariyada tahsil olishgan. Nashrning qayd etishicha, Kim Chen Inning shaxsiy imiji, jumladan, uning soch turmagi uchun ham javob beradi.

Top