Toshkentda 170 ming yangi elektr hisoblagichlar o‘rnatildi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar bermoqda.
Ilgari ma'lum qilinganidek, shu yilning oxiriga qadar mamlakat bo‘yicha jami 1 mln hisoblagich o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. 2020 yilga qadar mo‘ljallangan dastur bo‘yicha esa bunday hisoblagichlar soni 6 mln donadan oshibk yetadi.
Toshkentdagi 100 ming apparat allaqachon ma'lumot uzatish tizimiga ulangan.
Poytaxtda jami 600 ming elektr hisoblagich o‘rnatilishi nazarda tutilmoqda.