12:03 / 10.10.2015
3731

Benzema jarohat tufayli 3 hafta maydonga tusha olmasligi mumkin

Madridning "Real" klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Benzema Armanistonga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida (4:0) jarohat olgan.

Fransiya futbol federatsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, Hujumchi uch hafta davomida maydonga tusha olmasligi mumkin.

Marca nashri xabariga ko‘ra, Benzema bugun klub ixtiyoriga qaytib keladi va boshqatdan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Agar dastlabki xulosalar tasdiqlansa, Benzema "Real"ning "Levante", PSJ va "Selta" jamoalariga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.

Top