09:40 / 10.10.2015
4117

Ignashevich Rossiya terma jamoasi tarixidagi eng foydali himoyachi sifatida qayd etildi

Sergey Ignashevich futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi tarixidagi eng foydali himoyachiga aylandi.

U 9 oktabr kuni Yevro-2016 saralashi doirasida Moldaviya terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvning 58-daqiqasida o‘zining milliy terma jamoa safidagi sakkizinchi golini urdi.

Bungacha terma jamoa uchun ko‘p gol urish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Ignashevich Viktor Onopko bilan bir xil natijani qayd etib turgandi (7tadan gol).

Qayd etish kerakki, Ignashevich Moldaviya darvozasiga gol kiritish orqali o‘yindagi hisobni ochdi. O‘yin ruslarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Top