16:06 / 10.10.2015
3718

Turkiya janubi-g‘arbidagi portlash natijasida bir politsiyachi halok bo‘ldi, uch nafari jarohatlandi

Turkiya janubi-g‘arbidagi Diyorbakir shahrida ikki marotaba ro‘y bergan portlash natijasida bir politsiyachi halok bo‘ldi, uch nafari jarohatlandi, deya xabar qildi Haberturk telekanali politsiyadagi manbasi ma'lumotiga asoslangan holda.
Shanba, 10 oktabr kuni erta tongdan Diyorbakirning Sur tumanida komendantlik soati e'lon qilinib, 6 bronemashina va 2 vertolyot ishtirokida aksilterror operatsiyasi boshlangan edi. Binolar tomidan snayper bilan qurollangan harbiylar joy olgan. Portlovchi uskunalar esa amaliyot o‘tkazilayotgan vaqtda ko‘chada harakatga keltirilgan.

Top