22:59 / 11.10.2015
5396

Britaniya harbiy attashesi Rossiya samolyotlariga hujum qilishga ruxsat berilgani haqida axborotga ega emasligini aytdi

Buyuk Britaniyaning Rossiyadagi elchixonasidagi harbiy attashe Iroqda Rossiya samolyotlariga hujum qilishga ruxsat berish haqida axborotga emasligini aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi ma'lum qildi.

Attashe bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligiga tashrifi davomida ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, Rossiya Mudofaa vazirligi Buyuk Britaniya harbiy attashesidan Qirollik Qurolli kuchlari uchuvchilari “ularning hayotlariga xavf solingan taqdirda” Rossiya samolyotlariga zarba berish haqida yo‘riqlar olganlari to‘g‘risida britan OAVlarida paydo bo‘lgan xabarlarga rasmiy tushuntirish keltirishni iltimos qildi.

Avvalroq Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi elchisi Buyuk Britaniya rahbariyatidan yuqoridagi holat bo‘yicha tushuntirish berishni talab qilgan.

Top