18:44 / 11.10.2015
5569

Bulung‘urda sud ijrochisi pora ustida qo‘lga olindi

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida sud ijrochisi pora ustida qo‘lga olindi. Bu haqda STV telekanalining sayti orqali xabar qilindi.

Aytilishicha, tuman sud ijrochilari bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shokir Zohidov 2015 yilning 16 sentabr kuni nomi keltirilmagan fuqarodan ishni uning foydasiga hal qilib berishni va'da qilgan holda 400 dollar pora olayotgan paytda tegishli organlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Uning ishi tezda sudga oshirilgan.
Unga O‘zbekiston JKning 210-moddasi 2-bandiga muvofiq poraxo‘rlik ayblovi qo‘yildi.

Top