21:28 / 12.10.2015
5288

Afg‘onistonda 1 kun ichida ikkinchi marta vertolyot qulab tushdi

Afg‘oniston hududida 12 oktabr hisobidan ikkinchi marta mamlakat harbiy havo kuchlariga tegishli vertolyot qulab tushdi.

Logar viloyati gubernatori Salim Solihning ma'lum qilishicha, bu hodisa Xarvar tumani hududida ro‘y bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu voqea bir vertolyotning ikkinchisiga to‘qnashishdan qochishga harakati natijasida yuz bergan.

Halokat tufayli halok bo‘lgan yoki jabrlanganlar haqida ma'lumotlar berilmagan.

Biroz oldinroq, kunning birinchi yarmida Bamian viloyatida vertolyot halokatga uchrashi natijasida 2 harbiy halok bo‘lgan, yana 5 nafari tan jarohatlari olgandi.

Top