16:57 / 12.10.2015
3618

YeII Suriya bilan erkin savdo zonasi yaratish haqida muzokaralar olib bormoqda

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi Suriya bilan erkin savdo zonasi yaratish haqida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda tashkilotning savdo vaziri Andrey Slepnyov ma'lum qildi.
“Bugun hali barqarorlashuv haqida gapirib bo‘lmasa kerak.

Shunga qaramay, biz yaqin kunlarda Suriya vakillari bilan bir qancha uchrashuvlar o‘tkazamiz, unda Suriya bilan o‘zaro hamkorlik formatini aniqlashtirib olamiz”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Top