17:42 / 12.10.2015
12138

Manba: Al-Bag‘dodiy og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan

IShID jangarilari rahbari Abu Bakr Al-Bag‘dodiyning jarohatlangani haqida navbatdagi xabarlar tarqaldi.

Sputnik axborot agentligi xabariga ko‘ra, u Iroq Harbiy havo kuchlariga tegishli samolyot bergan zarba tufayli tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Bugun ertalab, Iroqda havo zarbalari tufayli IShID yetakchisi jarohatlangani ma'lum qilindi. Bu hujum oqibatida tashkilotning 3 nafar amaldori, al-Bag‘dodiyning o‘rinbosarlari ash-Shishaniy, as-Suriy va Abu Said al-Karbuliy halok bo‘lgan.

Top