Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Suriyadagi harbiy xarajatlari 1 mlrd dollarga baholandi
Rossiyaning Suriyada amalga oshirayotgan harbiy operatsiyasining xarajatlari 1 mlrd dollarga baholandi. Bu haqda “Kommersant'” nashri xabar bermoqda.
Fransiya ham Suriya hududida shunday operatsiya o‘tkazgan edi. Ammo u operatsiyaga 12 samolyotni jalb qilgan bo‘lib, umumiy miqdorda 250 mln yevro sarflagan edi.
Rossiyaning operatsiyasida esa 50ta mashina ishtirok etmoqda: 4ta ko‘p nishonli Su-30SM qiruvchisi, 6ta Su-34 va 12 Su-24M front bombardimonchilari, bir nechta Su-25, shuningdek, ko‘p yo‘nalishli Mi-8 hamda hujumkor Mi-24 vertolyotlari.
Xarajatlarning asosiy qismi aviatsion texnika uchun yoqilg‘i va qurol yetkazi berish bilan bog‘liq. Mashinalarni ishchi holatda saqlash uchun ham ko‘p pul sarflanmoqda.