09:40 / 12.10.2015
2839

Tomas Myuller YeCh uchun saralash o‘yinlarida gol urish bo‘yicha Gerd Myuller bilan tenglashdi

Germaniya terma jamoasi hujumchisi Tomas Myuller 11 oktabr kuni Yevro-2016 saralashi doirasida Gruziyaga qarshi kechgan bahsda (2:1) gollardan biriga mualliflik qildi.

Bu orqali 26 yoshli ushbu futbolchi milliy terma jamoa safida Yevropa chempionati yo‘llanmasi uchun kechgan saralash bahslaridagi 12-golini nishonladi va bu borada terma jamoaning sobiq futbolchisi Gerd Myullerning ko‘rsatkichiga tenglashib oldi.

Bu borada terma jamoadagi eng yaxshi ko‘rsatkich Miroslav Klozega tegishli. Uning hisobida saralash bosqichlarida urilgan 16ta gol mavjud.

Yevro-2016 saralashida eng ko‘p gol urgan futbolchi esa Polsha terma jamoasi hujumchisi, Myullerning "Bavariya"dagi jamoadoshi Robert Levandovski bo‘ldi.

Top