18:28 / 13.10.2015
5858

Lavrov: AQSh Rossiya bilan aloqaga kirishishdan qochmoqda

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov AQSh terrorchilarga qarshi kurashda muvofiqlashtirishni kuchaytirish masalasida Rossiya bilan aloqaga kirishishdan qochayotganini ma'lum qildi, deya xabar berdi TASS.
“Aynan shu (barcha kuchlarni muvofiqlashtirish)ni AQSh prezidentiga bo‘ysinuvchilar hozircha istashmayapti”, - dedi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyotlardan qurol-yarog‘larni tashlash orqali Suriyadagi muxolifatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha AQShning yangi dasturi ko‘plab savollarni yuzaga keltiradi.

Top