17:09 / 13.10.2015
5149

Lavrov: AQSh Suriya muxolifatiga yetkazayotgan qurollarning bir qismi terroristlar qo‘liga tushmoqda

Rossiya AQSh tomonidan Suriya muxolifatiga yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan qurollarning bir qismi terroristlar qo‘liga tushayotganiga shubha qilmayapti, deya xabar tarqatdi RIA «Novosti».

Bu haqda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ma'lum qildi.

“Rostini aytsam, mazkur qurollarning terroristlar qo‘liga yetib borayotganiga shubhamiz yo‘q”, - dedi vazir NTV telekanaliga bergan intervyusida.

Avvalroq esa AQShning C-17s harbiy yuk tashish samolyoti qurollangan Suriya muholifatiga 50 tonna o‘q-dorilar yetkazib berilgani haqida xabar berilgan edi.

Top