16:57 / 13.10.2015
4660

Rossiya aviatsiyasi IShIDning Halabdagi 2ta harbiy shtabini yo‘q qildi

IShIDning harbiy harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida tuzilgan Halabdagi 2ta harbiy shtabi Rossiyaning Su-24M rusumli bombardimonchi samolyoti orqali amalga oshirilgan havo zarbalari orqali yo‘q qilindi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi vakili Igor Konashenkov ma'lum qilgan.

"Su-24M bombardimonchi samolyoti Halab viloyatidagi Anadan aholi yashash punktida IShIDning harbiy shtablariga zarbalar yo‘lladi. Bu shtablar jangarilarning harbiy harakatlarini boshqarish va nazorat qilish vazifasini bajargan. Bu hududlarda o‘q-dori omborlari ham bor edi", deydi Konashenkov.

Shuningdek, ushbu hujum natijasida jangarilarga tegishli 4ta avtomobil yo‘q qilingan.

Yana bir hujum Halabdagi El-Bob qishlog‘ida amalga oshirilgan. Bu yerda saqlanayotgan artilleriya qurol-yaroqlari yo‘q qilingan.

Konashenkovning ma'lum qilishicha, 12 oktabr kuni Rossiya Harbiy-Koinot kuchlariga tegishli samolyotlar "Xmeymim" aviabazasidan 88 marta parvoz qilgan va IShIDning 86ta obektiga zarbalar yo‘llagan.

Top