09:04 / 13.10.2015
5319

Tramp: Janubiy Koreya uni himoya qilayotgan AQShga ko‘proq pul to‘lashi kerak

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod milliarder Donald Tramp Janubiy Koreya AQShga uni himoya qilayotgani uchun ko‘proq pul to‘lashi kerak, deb hisoblamoqda. Bunday bayonotni Tramp Nyu-Hempshir shtatida saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida e'lon qildi, deya xabar berdi Ryonhap agentligi.

“Bu boy davlat. Biz Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreyani, ko‘plab boshqa mamlakatlarni himoya qilayapmiz va buning uchun sariq chaqa olayapmiz”, - dedi milliarder. Auditoriyadan kimdir Koreya Respeblikasi mamlakatda AQSh qo‘shinlari joylashtirilgani uchun yiliga 890 mln dollar sarflagani to‘g‘risida ma'lumot berganida, Tramp: “bu Amerika shuning uchun sarflayotgan mablag‘lar oldida sariq chaqa”, - deya javob berdi. Uning fikricha, Janubiy Koreya shunchalik ko‘p pul topadiki, AQSh bilan harbiy ittifoq uchun ko‘proq moliyaviy ulush qo‘sha oladi.

Koreya Respublikasida 28,5 ming AQSh harbiylari joylashtirilgan. 2014 yilda ikki mamlakat ularning joylashuvini moliyalashtirish masalasini qayta ko‘rib chiqib, natijada Seul o‘z ulushini umumiy xarajatlarning 5,8 foiziga qadar oshirdi. Janubiy koreyalik siyosatshunoslarning fikricha, Trampning bunday bayonoti uning geosiyosat va harbiy ishlarda butunlay nodonligini ko‘rsatadi.

Top