Texnologiya | 14:50 / 13.10.2015
2590
1 daqiqa o‘qiladi

“Yandeks” Rossiya va Turkiyada Windows 10ning asosiy qidiruv tizimiga aylanadi

“Yandeks” sayti Rossiya, Belarus, Turkiya, Ukraina va Qozog‘iston hududida qo‘llanadigan Windows 10 dasturiy ta'minotida ishlaydigan kompyuterlarda Microsoft brauzerlari – Microsoft Edge va Internet Explorer uchun boshlang‘ich sahifa va asosiy qidiruv tizimi bo‘ladi. Bu haqda Microsoft kompaniyasining xabarnomasida aytildi.
Kompaniyalar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, “Yandeks” maxsus yaratilgan sahifada Windows 10ni ko‘chirib olish va o‘rnatishni taklif qiladi. Bundan tashqari, “Yandeks” axborot qidirish, xarita va navigatsiya, musiqa tinglash, taksi buyurtma qilish va mahsulot qidirish singari xizmatlarni taqdim qiladi.
Odatda Windows 10ning asosiy qidiruv tizimi korporatsiyaning o‘ziga tegishli Bing servisi bo‘lar edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish