08:36 / 14.10.2015
3530

Belgiya terma jamoasi FIFA reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi

Futbol bo‘yicha Belgiya terma jamoasi Yevro-2016 saralashining so‘nggi turida Isroilni 3:1 hisobda yengdi va "V" guruhidan birinchi o‘rin bilan Yevropa chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, bu g‘alaba belgiyaliklarga FIFA reytingida Argentinani ortda qoldirgan holda eng yuqori pog‘onaga ko‘tarilib olish imkonini berdi.

Shuningdek, Belgiya terma jamoasi Fransiyada 2016 yili bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatining guruh bosqichiga qur'a tashlash vaqtida birinchi savatchadan joy oladi.

Top