19:46 / 14.10.2015
3039

O‘zbekiston FVV mutaxassislari Yaponiyaning fojialarni oldini olish tizimlariga qiziqish bildirdilar

2015 yilning 29 sentabrida O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari “Shaharning yuqori texnologik infratuzilmasi” deb nomlangan o‘zbek-yapon anjumani ishida ishtirok etdilar. 

Tadbir davomida Yaponiyaning “Shimidzu”, “Taysei”, “AyEychAy”, “Itochu”, “Tekuno Toransu”, “Mitsubishi”, “Toyota Tsuse”, “Nippon Koei”, “Marubeni”, “Panasonik”, “Mitsui” kompaniyalari anjuman ishtirokchilarini shahar infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi faoliyatlari va o‘z mahsulotlari bilan tanishtirdilar.
O‘zbekiston FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, fojialarning oldini olishga mo‘ljallangan turli tizimlar ishlab chiqaruvchi Yaponiyaning “Tokio Roup” kompaniyasi vazirlik mutaxassislarida qiziqish uyg‘otdi.

“Tokio Roup” kompaniyasi 40 yildan beri po‘lat kanatlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya Yaponiyada Xonsyu, Xokkaydo, Sikoku va Kyusyu orollarini bog‘lovchi ko‘plab ko‘priklar qurilishida ishtirok etgan. Kompaniya vakillari, shuningdek, Misrda Suvaysh kanali orqali o‘tuvchi ko‘prik, Janubiy Koreyaning Koan i Inchon ko‘priklari, AQShda Takoma ko‘prigi va Sharqiy Bosfor bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi ko‘priklarni qurishda ham ishtirok etishgan.

Top