17:25 / 14.10.2015
5169

Rossiya aviatsiyasi bir sutka ichida IShIDning 40 obektiga hujum uyushtirdi

Rossiya harbiy samolyotlari oxirgi bir kun ichida Suriyada IShIDning 40 obektiga hujum uyushtirdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov bayonot berdi.

Aytilishicha, Su-34, Su-24M va Su-25SM samolyotlarining ekipajlari Hmaymim bazasidan 41 marotaba parvoz amalga oshirib, IShID infrastrukturasining 40 obektiga zarba bergan. Operatsiya Halab, Idlib, Lataqiya, Xama va Dayr al-Zavr viloyatlarida amalga oshirilgan.

Halab viloyatidagi jangarilarni o‘q-dori bilan ta'minlaydigan bir qancha nuqtalar yo‘q qilingani aytilmoqda.

Top