21:41 / 15.10.2015
4150

2 mlndan ortiq o‘zbekistonlik o‘quvchilar maktabdan tashqari ta'lim muassasalaridagi to‘garaklarga qatnashmoqdalar

Bolalarning maktabdan tashqari vaqtlarini mazmunli o‘tishini tashkil etish O‘zbekiston xalq vazirligi oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bu vazifani bajarish uchun maktabdan tashqari ta'lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirishga katta e'tibor qaratiladi.

Bugungi kunda 1,7 mlndan ko‘proq o‘quvchilar sport seksiyalariga qatnashadi. Ular uchun 95 mingdan ko‘proq sport seksiyasi ishlaydi. 491 ta bolalar-o‘smirlar sport maktabida 30 dan ortiq sport turidan saboq beriladi. Maktab o‘quvchilari orasida sportning futbol, voleybol, gandbol, basketbol, stol tennisi va turli yakkakurash turlari ko‘proq ommaviylashgan.

Shuningdek, davlatimizda 278 ta bolalar musiqa va san'at maktablari faoliyat yuritadi. Bu yerda turli musiqa asboblarida musiqa ijro etish hamda tasviriy va amaliy san'atning turli yo‘nalishlari bo‘yicha malakalarni o‘zlashtirish mumkin.

Maktab o‘quvchilari orasida vaqtni mazmunli o‘tkazishning yana bir sevimli joyi “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazlari hisoblanadi. Bu yerda bolalar e'tiboriga 36 nomdagi to‘garaklar havola etilgan.

Top