Bahrayn muxolifatchilari 2015 yilda umumiy hisobda 2,7 ming yildan ko‘proq qamoq jazosiga tortildilar. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.
Bahraynning “Al-Vifoq” muxolif partiyasining erkinliklar boshqarmasi boshlig‘i Hodi al-Musaviy matbuot-anjumanida aytganidek, 2015 yilda qirollikda turli muddatli qamoq jazolariga 340 namoyishchi mahkum qilingan. Ular umumiy hisobda 2783 yil qamoq jazosi olganlar. Al-Musaviyning ta'kidlashicha, ayni paytda muxolifatga istalgan norozilik, shu jumladan tinch namoyishlarni o‘tkazish taqiqlab qo‘yilgan.
2011 yilda Bahraynda shialar vakillarining noroziliklari boshlangan. Ular shialarning siyosiy vakilligini oshirishni talab qilishgan. Manama Ar-Riyod yordamida namoyishlarni kuch bilan bosishga muvaffaq bo‘lgan. Mahalliy hukumatning keng ko‘lamda siyosiy islohotlar o‘tkazilganini aytishiga qaramasdan, mamlakatda vaqti-vaqti bilan mahalliy xavfsizlik kuchlariga qaratilgan teraktlar amalga oshirilib turiladi. Bahrayn Eron hukumatini shia isyonchilarini qo‘llab-quvvatlashda bir necha bor ayblagan.