15:18 / 15.10.2015
2512

Daniel Alves: «Agar Messi ishtirok etmasa, Argentinaga qarshi o‘yinimizda g‘alaba uchun imkoniyatlarimiz ortadi»

Braziliya terma jamoasi himoyachisi Dani Alves JCh-2018 saralash bahslari 3-turida Argentinaga qarshi kechadigan uchrashuvda "Barselona"dagi klubdoshi Lionel Messining maydonga tushmasligidan umidvor.

Hozirda Messi tiklanish jarayonini o‘tamoqda.

"Janubiy Amerika "superklassikosi"da Messi ishtirok etmasligini xohlar edim. Agarda raqib jamoa safida dunyoning eng yaxshi futbolchisi maydonga tushmasa, bizning imkoniyatlarimiz yuqori bo‘ladi", deydi Alves.

Top