20:57 / 15.10.2015
3554

Rossiya davlat idoralari uchun Samsung smartfoni Federal xavfsizlik xizmati tekshiruvidan o‘tadi

Samsung va Intel kompaniyalari ishlab chiqargan, Tizen operatsion tizimida ishlovchi Samsung Z3 smartfoni axborot xavfsizligiga Federal xavfsizlik xizmati tekshiruvidan o‘tadi, deb ma'lum qilindi Samsung’ning rasmiy matbuot bayonotida. Ayni paytda smartfon Rossiya Texnik va eksport nazorati federal xizmati xavfsizlik talablariga tekshiruvdan o‘tgan.

Yangi Samsung Z3 smartfoni davlat idoralari va korporativ mijozlarga taklif qilinadi. “Ochiq boshlang‘ich kodga ega Tizen operatsion tizimi Samsung kompaniyasiga Rossiya smartfonlar bozoriga Rossiyaning axborot xavfsizligi talablariga to‘liq javob beradigan smartfonni taklif qilishga imkon berdi. Samsung Z3’ning qurilmaviy asosi davlat va tijorat korxonalari xodimlarini ommaviy tarzda jihozlash nuqtai nazaridan optimallashtirilgan”, deyilmoqda xabarda.

Samsung Z3 smartfoni ko‘rsatish qobiliyati 1280x920 pikselli 5 dyuymli Super AMOLED ekrani, 1,3 GGts chastotaga ega 4 yadroli protsessor, 1 Gb tezkor xotiraga ega.

Top