17:48 / 15.10.2015
12214

Shavkat Mirziyoyev: bu yil terilgan paxtaning 98 foizi oliy va birinchi navli

O‘zbekistonda bu yil terilgan paxtaning 98 foiz — oliy va birinchi navli, dedi o‘z nutqida Respublika bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev, XI Xalqaro o‘zbek paxta va tekstil yarmarkasida.

Bosh vazirning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston paxta terimining yillik rejasini bajardi. Bunday yuqori natijalarga yaxshi ob-havo va yog‘ingarchilik bo‘lmaganligi tufayli erishildi.

Mirziyoyevning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekistonda paxta sanoati tizimida bosqichma-bosqich o‘zgarishlar kiritilmoqda. Nav tanlash va istiqbolli navlar yaratish borasida ham chuqur ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Paxta yetkizib berish tizimining samarali va optimal yo‘nalishlari yaratilishi natijasida o‘zbek paxta tolasi barcha iste'molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda.

Cotton Outlook indeksiga asoslangan ochiq-oydin narx belgilash tizimini qo‘llash natijasida, raqobat kuchayib borayotgan dunyo bozorida, O‘zbekiston paxtasi yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.

"O‘zbekistonning paxtachilik siyosati, paxtani barqaror miqdorda ishlab chiqarish va kelajakda uning sifat va texnik xususiyatlarini yaxshilashga qaratilgan",- deb so‘zini yakunladi Shavkat Mirziyoyev.

Top