17:38 / 15.10.2015
7484

Ukraina Rossiyaga qarzi bo‘yicha ultimatum qo‘ydi

Ukraina hukumati rahbari Arseniy Yatsenyuk, agarda Rossiya 29 oktabrga qadar qarzni restrukturizatsiya qilish bo‘yicha Kiyev taklif qilgan shartlarga ko‘nmasa, pullarni sud orqaligina olishi mumkin bo‘lishini aytdi.

“Agar Rossiya shartlarimizga ko‘nmasa, biz ish sudda ko‘rib chiqilishiga tayyormiz”, - dedi u va Rossiya boshqa kreditorlarga nisbatan yaxshiroq sharoitlarda qarzini qaytarib ololmasligini ta'kidladi.

Shu munosabat bilan bosh vazir Rossiyani “restrukturizatsiya qarorini qabul qilgan normal davlat safiga qo‘shilish”ga chaqirdi.
Rossiya qarz restrukturizatsiyasi bo‘yicha Ukraina bergan taklifga ko‘nmagan yagona davlat bo‘lib qolmoqda. Kiyev unga 3 mlrd dollar pul to‘lashi lozim.

Top