00:40 / 16.10.2015
3249

Belarus Markaziy saylov komissiyasi prezidentlik saylovlari natijalariga tuzatishlar kiritdi

Belarus Markaziy saylov komissiyasi (MSK) prezidentlik saylovlariga tashrif buyurish va saylovchilarning ovoz berishi natijalariga tuzatishlar kiritdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

MSKning dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, Belarusning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenko saylovlarni o‘zi uchun rekord darajadagi 83,49 foiz ovoz bilan yutdi. 15 oktyarbda MSK tomonidan keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra esa Lukashenkoga 83,47 saylovchilar ovoz bergani ma'lum bo‘ldi.

Avvalgi ma'lumotlarga ko‘ra, “Govori pravdu” harakati faoli Tatyana Korotkevich 4,2 foiz, Liberal-demokratik partiya yetakchisi Sergey Gaydukevich 3,32 foiz, Vatanparvarlar partiyasi yetakchisi Nikolay Ulaxovich 1,67 foiz to‘plagan.

Yangi ma'lumotlarga ko‘ra, Korotkevichga 4,44 foiz, Gaydukevichga 3,3 foiz, Ulaxovichga 1,67 foiz saylovchilar ovoz bergan.

Saylovlarda qatnashish ko‘rsatkichi jami saylovchilarning 86,75 foizini tashkil qildi.

16 oktabrga MSKning yig‘ilishi o‘tkazilishi belgilangan va unda saylov natijalariga yakun yasaladi.

Top