10:27 / 16.10.2015
2160

Yevrokengash sammiti Turkiya bilan muhojirlar inqiroziga qarshi harakat rejasini qabul qildi

Yevropa Kengashi sammitida muhojirlar muammosiga qarshi kurashda Turkiya bilan harakat qilish rejasi tasdiqlandi. Bu haqda Yevrokengash rahbari Donald Tusk Bryusselda bo‘lib o‘tgan YeK sammitining birinchi kuni yakunlari yuzasidan ma'lum qildi.

“Tashqi chegaralarimiz himoyasi bo‘yicha muhim qarorni qabul qildik. Biz Turkiya bilan hamkorlikdagi harakat rejasini qabul qildik”, - dedi u.
Tusk so‘zlariga ko‘ra, bunga so‘nggi vaqtlarda Turkiya yetakchilari bilan Bryussel, Anqara va Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan muzokaralar evaziga erishildi.

Turkiya Yevrokengashga kirib olish istagidagi muhojirlar uchun asosiy tranzit davlatlardan biri hisoblanadi.

Top