14:50 / 16.10.2015
2494

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 259 marta yong‘in sodir bo‘ldi

O‘tgan haftada respublika hududida yuz bergan yong‘inlar bo‘yicha hisobot berildi. Qayd etilishicha, o‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 259ta yong‘in sodir bo‘lgan.

Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 2 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan. Ushbu yong‘inlarda 1 mlrd 318 mln. so‘mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 1 mlrd 61 mln so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.

Jumladan, Buxoro viloyati Buxoro tumanida yashovchi fuqaroning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 48 kv metr maydonda tom qismi hamda qo‘shnisining uyini 55 kv metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi fuqaroning uyida yosh bolalarning sho‘xligi oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 40 kv metr maydonda tomi va shift qismi hamda qo‘shnisining uyini 55 kv metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Samarqand viloyati Samarqand tumanida yashovchi fuqaroning uyida isitish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 70 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy-jihozlari yonib zararlangan.

Top