12:42 / 16.10.2015
2470

Yarmolenko «Dinamo» bilan 5 yillik yangi shartnoma tuzdi

Kiyeaning "Dinamo" jamoasi yarimhimoyachisi Andrey Yarmolenko jamoa bilan shartnomasini uzaytirdi.

Yangi shartnoma 5 yilga tuzilgan va u 2020 yilning 14 oktabriga qadar amalda bo‘ladi.

Uning "Dinamo" bilan shu paytgacha shartnomasi muddati 2016 yilning yoziga qadar tuzilgandi.

Bundan oldinroq, ushbu futbolchiga "Arsenal" va "Barselona" jamoalaridan qiziqish bo‘layotgani xabar qilingandi.

Shuningdek, uning Ukraina terma jamoasi safida Ispaniyaga qarshi o‘tkazgan o‘yinini "Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino kelib kuzatgan.

Yozgi transferlar vaqtida "Dinamo" ushbu futbolchisini "Stok Siti" va "Borussiya D" jamoalariga sotmagandi.

Top