Jamiyat | 11:09 / 17.10.2015
4834
1 daqiqa o‘qiladi

Kamchatkada ayiq bolasi uy ichiga kirib, ovqatlandi, chiqib ketishda esa darchaga tiqilib qoldi

Rossiyaning olis Kamchatkasida istiqomat qiluvchi qo‘ng‘ir ayiq bolasi bir uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, oshxonaga kirib oldi. Taxminlarga ko‘ra, u qornini to‘ydirib, yana chiqib ketmoqchi bo‘lgan. Lekin uy egalari qaytib kelganida ayiqcha deraza darchasiga tiqilib qolganini ko‘rishdi.

Uzoq harakatdan so‘ng ayiqcha tuzoqdan qutula olgan va o‘z oilasi yoniga ravona bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish